
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jarohat tufayli 5 haftaga safdan chiqdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.Frantsiyalik futbolchi Evropa chempionlar ligasi 5-turi doirasida bo'lib o'tgan Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchining o'ng oyog'i son qismidagi mushagida uzilish yuz bergan. Tiklanish jarayoni 1 oydan ko'proq vaqtni talab etiladi. Shu bois, Dembele "Real"ga qarshi 18 dekabr kuni bo'ladigan "el-klasiko"ni o'tkazib yuboradi.Usmon Dembele ushbu mavsumda "Barsa" safida 9ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Fikrlar 0