"Barselona" hujumchisi Luis Suares kechagi Chempionlar Ligasidagi Dortmundning "Borussiya" bilan uchrashuvida (3:1) jarohat olgan jamoadoshi Usman Dembele haqida fikr bildirdi.

Urugvaylik futbolchining fikriga ko'ra, Dembele "Barsa" shifokorlari bilan birgalikda bu vaziyatdan chiqish yo'lini topishi kerak.

- Dembele shifokorlar bilan birgalikda vaziyatdan chiqish yo'lini topishga harakat qilishi kerak. Ular o'yinchining tuzalgandan keyin nima uchun yana jarohat olganini aniqlashlari kerak. Umid qilamizki, u yaqin orada yana biz bilan bo'ladi, deb aytib o'tdi - Suares

Dembele bu yil uchinchi bor sonidan jarohat olmoqda.

22 yoshli frantsiyalik futbolchi 2017 yildan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda.