"Fluminense" futbolchisi Andre Ispaniya La Ligasi gigantlaridan qaysi biri o'ziga yaqinroq ekanini aytdi.

22 yoshli himoyachi Braziliya A seriyasining asosiy yulduzlaridan biri sanaladi. Futbolchini uzoq vaqtdan beri Evropaning etakchi chempionatlaridagi klublar kuzatib borishadi va uning o'zi ham Angliya Premer-ligasida o'zini sinab ko'rishni orzu qilishini tan oldi.

Jurnalistlar braziliyalik futbolchidan uning "Real" va "Barselona"ga bo'lgan munosabati haqida ham so'rashgan.

"Albatta, "Real" ham, "Barsa" ham katta klublar, ammo men "Barselona"ni tanlagan bo'lardim deb o'ylayman", - dedi futbolchi.