Kataloniyaning "Barselona" klubi qishki transfer oynasida yangi yarim himoyachi transferini maqsad qilgan.

Jurnalist Jordi Xil bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Barsa" ro'yxatida ikkita italiyalik yarim himoyachi bor. Gap Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo haqida ketmoqda, uning shartnomasi yozda tugaydi.

"Barselona" o'tgan yozda "Al-Arabi"ga ko'chib o'tgan "PSJ"ning sobiq yarim himoyachisi Marko Verrattiga ham qiziqish bildirmoqda.