"Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke yanvar oyi boshida "Barselona" safiga kelib qo'shiladi.

"Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, 18 yoshli markaziy hujumchining "ko'k-anorranglilar" futbolchisi sifatida rasmiy taqdimot marosimi 3 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Roke 40 million evro evaziga Braziliya klubidan transfer qilindi.