
"Barselona"ning portugaliyalik himoyachisi Joau Kanselu jamoadoshi Frenki de Yong haqida fikr bildirdi.
"Frenki de Yong, shubhasiz, meni eng ko'p hayratga solgan futbolchi. Frenki bilan mashg'ulot o'tkazayotganda yoki uning mashg'ulot o'tkazayotganini ko'rsangiz, unda haqiqatan ham o'ziga xos narsa borligini tushunasiz", dedi Kanselu.
Joriy mavsumda gollandiyalik futbolchi barcha turnirlarda 12ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urgan. "Barselona"ning navbatdagi o'yini 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi - raqib "Las-Palmas" bo'ladi.
Fikrlar 0