Kataloniyaning "Barselona" klubining yangi futbolchisi Vitor Roke hozirgi jamoa tarkibida qaysi futbolchi bilan ko'proq o'ynashni xohlashini tan oldi.

"Barselona"ning barcha futbolchilari yuqori saviyali futbolchilar, ammo men Robert Levandovski bilan birga o'ynashni juda xohlayman.

Tez orada orzum ushalishidan juda xursandman", - dedi Roke.

Rokening Kataloniya grandi bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Uning tovon puli taxminan 500 million evroni tashkil qiladi. Vitor “Atletiko Paranaense” klubi safida 81 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.