"Barselona" yarim himoyachisi Oriol Romeu Xosep Gvardiola haqida o'z fikrini aytdi.

Ispaniyalik yarim himoyachi "Barselona"dagi faoliyatini boshida "Manchester Siti"ning amaldagi bosh murabbiyi bilan ishlashga muvaffaq bo'ldi.

“Pep - daho. U raqiblarining zaif tomonlarini tezda payqab, o'yinchilariga echim taklif qila oladi. Uning ajralib turadigan jihati - tanaffus vaqtida jamoa bilan chinakam samarali suhbat qurishdir. Ikki yoki uchta tafsilot tufayli u sodir bo'layotgan voqealar dinamikasini o'zgartira oladi", - dedi yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola 2008 yildan 2012 yilgacha "ko'k-anorranglilar" jamoasini boshqargan.