"Barselona" himoyachi Alexandro Baldeni "Manchester Siti"ga taklif qilishni ko'rib chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 20 yoshli futbolchini "shaharliklar"ga 2024 yilning yoziga qadar "Siti"dan ijara asosida "Barselona"da o'ynayotgan himoyachi Joau Kanselu evaziga berishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar 29 yoshli portugaliyalikning qobiliyatiga ishonishadi va u bilan doimiy ravishda shartnoma imzolamoqchi, ammo moliyaviy cheklovlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Kanselu joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 21 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Balde hisobida 22 ta o'yin va bitta golli uzatma bor.