
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri onlayn-translyatsiya paytida o'zining ideal jamoasini tuzib chiqdi. Ushbu jamoaga «Real» safida o'ynagan ikki o'yinchi kiritildi.Pedri ramziy jamoasi quyidagi ko'rinishda bo'ldi:Darvozabon: Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»).Himoyachilar: Dani Alves, Jerar Pike, Jordi Alba (uchalasi — «Barselona»), Serxio Ramos («Real» Madrid).Yarim himoyachilar: Xavi, Serxio Buskets va Andres Inesta (barchasi — «Barselona»).Hujumchilar: Lionel Messi, Neymar (ikkisi — «Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real» Madrid).Pedri 2020 yilning yozidan bun "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalar doirasida 120 ta o'yinda maydonga tushib, 17 gol va 9 assist muallifiga aylandi.
Fikrlar 0