
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya jamoasining qishki transferlari haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis "ko'k-anorranglilar"ning joriy transfer oynasida yangi futbolchi xarid qilishini bilmaydi.
"Yanvar oyida hech bo'lmaganda bitta o'yinchi bilan shartnoma imzolay olamizmi, bilmayman. Hammasi moliyaviy feyr-pleyga bog'liq bo'ladi. Biz prezident Laporta va sport direktori Deku bilan doimiy aloqadamiz", - dedi Xavi Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Avvalroq, "Atletiko Paranaense" hujumchisi Vitor Roke "Barselona"ga o'tgani ma'lum bo'lgandi.
"Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa 18 uchrashuvda 38 ochko jamg'argan.
Fikrlar 0