La Liga Prezidenti Xaver Tebas "Barselona"ning futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazgani haqida batafsil ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, Inigo Martines "Barselona" bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaganiga qaramay, u bir mavsumga ro'yxatdan o'tkazilgan. Huddi shunday holat Gavida ham.

Bundan tashqari u, klub maosh fondini 100 million evrodan ko'proqqa qisqartirishdan tashqari, futbolchilarni 70/80 million evroga sotganini ma'lum qildi.