La Ligada birinchi davra o'yinlari yakunlandi.

"Real" va "Jirona" 19 ta o'yindan so'ng Ispaniya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda - ularda 48 ochko bor. Madridliklar qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga raqiblaridan oldinda.

Bugun “Las-Palmas”ni mag'lub etgan (2:1) “Barselona” uchinchi o'rinda va peshqadamdan 7 ochko ortda qolmoqda.

"Atletik" va "Atletiko" 38 ochkodan to'plagan holda mos ravishda 4 va 5-o'rinlarda joylashgan. "Real Sosedad" 6-o'rinda (32 ochko).