"Barselona" g'alaba qozonganiga qaramay, klub antirekordini o'rnatdi.

Xavi shogirdlari Ispaniya kubogida “Barbastro”ni mag'lub etishdi (3:2).

Kataloniyaliklar 20 ta o'yindan buyon 1 tadan ortiq gol farqi bilan g'alaba qozona olishmayapti. Bu ularning tarixida birinchi marta sodir bo'lmoqda.

“Blaugrana” oxirgi marta 19 sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Antverpen”ga qarshi o'yinda (5:0) raqibidan kamida ikkita gol ko'p kiritgan edi.