Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Barbastro” klubiga qarshi Ispaniya kubogi o'yinida yarim himoyachi Joau Feliksning bekor qilingan goli haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Ko'k-anorranglilar” 3:2 hisobida qiyin g'alabaga erishdi. “Feliksning bekor qilingan goli o'yinni qiyinlashtirdi. Menga to'p qoida bo'yicha kiritilganini aytishdi. Kubokda VAR tizimi mavjud emasligi juda achinarli.

Bu men uchun g'alati, buni tushunolmayapman", - deya mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda Marca gazetasi.

"Barselona"ning navbatdagi o'yini Ispaniya Superkubogining ½ finalida "Osasuna"ga qarshi bo'ladi. Uchrashuv 11-yanvar, payshanba kuni bo'lib o'tadi.