Internetda "Barselona" kelasi mavsumda safar o'yinlarida qora rangli liboslardan foydalanishi haqida xabarlar tarqaldi. Klub bu yangiliklarga rasmiy munosabat bildirdi.

"Klub bugun matbuotda 2024/25 yilgi mavsum uchun ikkinchi formaning dizayni haqida tarqalgan ma'lumotlarni rad etadi.

Shuningdek, klub ushbu loyihani buyurtma qilgani yoki tasdiqlaganini ham rad etadi", - deyiladi klub bayonotida.