Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi finali oldidan Ferland Mendi haqida yuqori fikrlarni bildirdi.

"Himoyaviy o'yin nuqtai nazaridan, Mendi dunyodagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi. U hujumda kuchayishi mumkin, ba'zan esa “Atletiko”ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi o'zini ko'rsata oladi", - deydi “Real” ustozi.

Eslatib o'tamiz, bugun Ispaniya Superkubogi finalida "Real Madrid" va "Barselona" o'ynaydi.