"Barselona" sport direktori Deku klub hali yangi futbolchilarni jalb qilish uchun transfer bozorida faol ishlay olmayotganini aytdi.

"Haqiqat shundaki, biz hozirda yangi o'yinchilarni qo'lga kirita olmaymiz", - deya Deku so'zlarini keltirgan Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida.

Ispaniya chempionatining 19-turidan so'ng “Barselona” 41 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. “Jirona” peshqadam (49).