
Kot-d’Ivuarlik yarim himoyachi Frank Kesse futbol maydonida ko'p yugurishi haqida gapirdi.
"Men ko'p yugurishdan qo'rqmayman. Jamoadoshlar: "Buni qanday qilyapsiz?" - deb so'rashadi. Bu men uchun tabiiy, deb javob beraman. Men futbol maydonida ter to'kish uchun juda ko'p pul topaman. Afrikada har kuni ertalab bir bo'lak non uchun 20 mil yo'lni piyoda bosib o'tadigan odamlar bor", - dedi Kesse Football Tweet bilan suhbatda.
Klub darajasida 27 yoshli Frank Kesse "Al-Ahli" sharafini himoya qiladi. Avvalroq yarim himoyachi Evropada “Atalanta”, “Chezena”, “Barselona” va “Milan” klublarida o'ynagan.
Fikrlar 0