
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola FIFAning "The Best" marosimida ishtirok etib, 2023 yilning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qabul qilib oldi. Tadbirni boshqargan Terri Anri ispaniyalik murabbiydan tanlov qilishni so'radi: «Barselona»-2010 yoki «Siti»-2023? Pep boshini ushlagancha javob berishga qiynaldi. Ma'lumot o'rnida. Gvardiola har ikkila jamoa bilan EChL va klublar o'rtasidagi JChda g'olib chiqqan.
Fikrlar 0