"Barselona" sport direktori Deku va bosh murabbiyi Xavi Ernandes qishki transfer oynasidagi asosiy maqsad borasida bir qarorga kela olishmayapti.

Avvalroq, bu qishda Kataloniya klubi media-brend aktsiyalarini sotish orqali 200 million evro olishi xabar qilingandi.

Footmercato xabariga ko'ra, Xavi jarohat olgan Gavi o'rniga o'rinbosar topmoqchi, Deku esa boshqa pozitsiyaga o'yinchi olmoqchi. Manbaga ko'ra, funktsioner Serxio Busketsning o'rniga o'rinbosar topishga ahd qilgan.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Buskets o'tgan yozda “Barselona”ni tark etib, “Inter Mayami”ga o'tgan edi.