"Barselona" vingeri Rafinya Dias joriy Chempionlar ligasi finali haqidagi prognozi bilan o'rtoqlashdi.

27 yoshli braziliyalik o'z jamoasining Evropa maydonlaridagi muvaffaqiyatiga ishonadi - uning fikricha, "Barselona" eng nufuzli evrokubok finaliga chiqa oladi: "Bu yil Chempionlar ligasi finalida kim o'ynaydi? "Barselona" va "Manchester Siti", - dedi Rafinya.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" 1/8 finalda Italiyaning "Napoli" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Manchester Siti" pley-offni Daniyaning "Kopengagen" klubiga qarshi bahsdan boshlaydi.