Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes prezident Joana Laportaning klub mashg'ulotlar bazasiga tashrifi sabablari haqida gapirdi.

"Prezident Laporta murabbiylar shtabi va futbolchilarni qo'llab-quvvatlashi va ishonch bildirish uchun kelgan. U bizga shuni aytmoqchi edi”, - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Avvalroq, matbuotda "Barselona" rahbariyati Xavini almashtirish imkoniyatlarini allaqachon o'rganayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.