
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele tibbiy ko'rikdan o'tdi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi 10 hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Eslatib o'tamiz, Dembele "Borussiya Dortmund"ga qarshi bo'lib o'tgan Evropa chempionlar ligasi bahsida o'ng oyog'ining son qismidagi mushagini jarohatlab olgan edi.Shu bois, futbolchi 18 dekabr kuni bo'ladigan "klasiko"ni o'tkazib yuboradi.
Fikrlar 0