
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubining tarixiy xatosi haqida gapirdi.
“Biz bu klubda odamlar ketganidan keyingina qadrlashni boshlaymiz. Ernesto Valverde, Ronald Kuman, Jordi Alba, Serxio Buskets - ular shu erda bo'lganlarida parchalanib ketishgan, ammo hozir ularning mehnati qadrlanadi. Bizda bor narsani qadrlaylik. Men dunyoning eng yaxshi klubida ishlayman, bu erda baxtliman. "Barselona"ning tarixiy xatosi shundaki, bu erda hamma narsa kech bo'lganda qadrlana boshlaydi", - deya Xavi so'zlarini keltiradi Sport.es
Eslatib o'tamiz, ko'k-anorranglilar 24 yanvar kuni Ispaniya kubogi chorak finalida Bilbaoning “Atletik” klubiga imkoniyatni boy berib, (4:2) ushbu turnirdan chiqib ketishgandi.
Fikrlar 0