"Las-Palmas"ning chap qanot himoyachisi Serxi Kardona "Barselona"ning nishoniga aylandi.

24 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum so'nggida tugaydi va Evropaning top-ligalarining turli klublari vakillari allaqachon lateralning agentiga murojaat qilishgan. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Barselona" ham qiziquvchilar orasida va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Dekabr oyida futbolchining "Atletiko"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Serxi Kardona joriy La Ligada “Las-Palmas” safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining narxi 3 million evroni tashkil qiladi.