"Barselona" sardori Serxi Roberto bo'lajak o'yinlarda jamoaga yordam bermaydi.

Yarim himoya va himoya qanotida o'ynashga qodir 31 yoshli futbolchi “Vilyarreal”ga qarshi bo'lib o'tadigan (27-yanvar) o'yinda maydonga tushmaydi, deb xabar beradi “Sport”.

Manbaning xabariga ko'ra, ispaniyalik mushaklardagi muammolar tufayli ikki haftaga yaqin kasalxonada yotadi.

Shu tariqa, "ko'k-anorranglilar" sardori "Osasuna" (31 yanvar) va "Alaves" (3 fevral) bilan bo'ladigan uchrashuvlarda ham ishtirok eta olmaydi.