«Barselona» himoyachisi Serji Roberto mashg'ulotda jarohat olgani haqida xabar berib o'tgandik. U chap oyog'idagi mushagi bilan bog'liq muammoga duch keldi."Dairio Sport" xabar tarqatishicha, Robertoning tiklanishi uchun 2 hafta vaqt kerak bo'ladi.Avvalroq «Barsa»ning yana bir himoyachisi Aleks Balde jarohat sabab operatsiya qilinishi va u mavsum oxiriga qadar jamoaga yordam bera olmasligi haqida xabar berib o'tgandik.