
Yarim himoyachi Ivan Rakitich "Sevilya"ni tark etadi. Relevo xabariga ko'ra, 35 yoshli xorvatiyalik yaqin orada Saudiya Arabistonining "Ash-Shabab" jamoasiga o'tadi.
Aytish joizki, so'nggi yillarda Evropaning ko'plab nomdor futbolchilari Saudiya ligasiga yo'l olishdi.
Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Sadio Mane, Roberto Firmino va boshqa top futbolchilar Saudiya Arabistoni klublarida to'p tepadi.
Ivan Rakitich Evropada "Bazel", "Shalke", "Sevilya" va "Barselona"da o'ynagan. Endi xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi o'zini Yaqin Sharqda sinab ko'radi va u erda yangi tajribaga ega bo'ladi.
Fikrlar 0