"Barselona" sardori Serxi Robertoning tovon paylarida muammo bor, deya batafsilroq ma'lum qildi "ko'k-anorranglilar"ning matbuot xizmati.

Tajribali kataloniyalik futbolchi taxminan ikki haftadan so'ng safga qaytadi. Robertodan tashqari yana 6 nafar "Barsa" futbolchisi uchrashuvni o'tkazib yubormoqda.

Avvalroq, "Barselona" Alexandro Baldening jarohati qanchalik og'irligi haqida xabar bergandi.