"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida "Vilyarreal"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (3:5) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz Xaviga ishonamizmi? Ha, albatta, murabbiyga to'liq ishonamiz. Murabbiylar shtabi a'lo darajada harakat qilmoqda.

Bu butunlay bizning aybimiz. Biz noto'g'ri ish qilyapmiz. Bu bizning aybimiz”, - dedi de Yong.

Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 21 o'yindan keyin 44 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.