Transfermarkt portali "Barselona"ning eng qimmat 5 ta savdosini e'lon qildi. Inflyatsiyani hisobga olgan holda summalar qayta hisoblab chiqilgan.

Kuchli uchlikka hujumchi Neymarning “PSJ”ga, yarim himoyachi Luish Figuning “Real”ga va hujumchi Ronaldoning “Inter”ga o'tgan transferlari joy oldi.

"Barselona"ning inflyatsiyaga moslashtirilgan eng yaxshi savdolari:

1. Neymar (2017 yilda PSJga 249 million evro evaziga)

2. Luish Figu (2000 yilda 196 mln evro evaziga "Real"ga)

3. Ronaldu (1997 yilda "Inter"ga 187 million evro evaziga)

4. Mikael Laudrup (1994 yil 139,5 million evro evaziga "Real"ga)

5. Romario (1995 yilda "Flamengo"ga 87 mln evro evaziga)