"Barselona"ning ba'zi futbolchilari Xavining ketishiga emotsional munosabatda bo'lishdi.

“Vilyarreal”dan 3:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida Xavi iyun oyida “Barselona”ni tark etishini ma'lum qildi. Bugun murabbiy futbolchilar bilan suhbatlashdi va qarorini tushuntirdi.

CCMA ma'lumotlariga ko'ra, Xavi nutqi davomida Robert Levandovski, Gavi va Joau Kanselu yig'lab yuborishgan.

Mundo Deportivo qayd etganidek, Jyul Kunde ham vaziyatga emotsional munosabatda bo'lgan - ta'kidlanishicha, himoyachining 2022 yilda "Sevilya"dan o'tishi bilan "blaugrana" bosh murabbiyi shaxsan qiziqqan.