Aleks Balde Xavining talabiga binoan operatsiya qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 20 yoshli himoyachi biseps payini shikastlab olgandi. U jarrohlik amaliyotini talab qiladi va natijada mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, "Barselonada"gi ba'zi odamlar operatsiyaga qarshi bo'lib, Baldega konservativ davolanishni tavsiya qilishgan. Biroq, Xavi, murabbiylar shtabi va "ko'k-anorranglilar"ning tibbiyot jamoasi jarrohlik aralashuvni talab qilib, konservativ davolanish Baldening professional faoliyatini xavf ostiga qo'yadi va kuch va tezlikni yo'qotishiga olib keladi, deb hisobladi. Uning jarohati Ansu Fatinikidan jiddiyroq sanaladi.

Balde shu hafta jarrohlik amaliyotidan o'tishi xabar qilingan.