"Barselona" "Brayton" bosh murabbiyiga qiziqish bildirmoqda.

Marca nashri xabariga ko'ra, rahbariyat Roberto De Dzerbi ishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. U yosh, tajriba va g'alaba qozonish istagini o'zida jamlagani uchun "ko'k-anorranglilar"ga munosib mutaxassis sanaladi.

Shu bilan birga, "Brayton" italiyalik murabbiy bilan shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi va tovon pulini 20 million evrogacha oshirmoqchi.