
"Barselona" markaziy himoyachi Mikail Fayeni "Lans"ga sotishdan bosh tortdi.
Frantsuz klubi 19 yoshli futbolchini 9 million evroga sotib olishga tayyor edi, biroq “ko'k-anorranglilar” rahbariyatidan rad javobini oldi, deyiladi insayder Fabritsio Romano xabarida. Muzokaralar dushanba kuni bo'lib o'tdi.
Mikail Faye "Barselona"ning ikkinchi jamoasida o'ynaydi, lekin hali asosiy jamoada debyut o'tkazmagan. Senegallik futbolchi kataloniyaliklar safiga o'tgan yilning iyul oyida Xorvatiyaning "Kustoshiya" klubidan ko'chib o'tgandi. Transfer narxi 1,5 million evroni tashkil qildi.
Fayening "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Fikrlar 0