Pep Gvardiola Xavining "Barselona"ni tark etish qarori haqida gapirdi.

"Mening tajribamga ko'ra, Angliyadagi bosimni Ispaniyadagi bosim bilan solishtirib bo'lmaydi. U erda bosim ming marta kuchliroq. Haftada oltita matbuot anjumani, ko'plab uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

"Barselona"da siz boshdan kechirayotgan bosim boshqa hech narsaga o'xshamaydi", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.