Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub prezidenti Joan Laporta haqida fikr bildirdi.

“Klub ichidagi barcha meni qo'llab-quvvatladi. Bizning bosh etakchimiz prezident. Laporta menga ishondi, unga nisbatan menda faqat yaxshi hislar bor.

Bu "Barselona" uchun ajoyib prezident", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

"Ko'k-anorranglilar" o'zlarining so'nggi uchrashuvida o'z maydonida "Vilyarreal"dan 3:5 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Xavi joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini ma'lum qildi.