Ferran Torres "Osasuna"ga qarshi o'yin boshida jarohat oldi.

7-daqiqada "Barselona" vingeri jarohati sabab almashtirildi.

23 yoshli futbolchi yig'lab maydonni tark etdi. Uning o'rniga Fermin Lopes maydonga tushdi.

Ferran joriy mavsumda La Ligada 20 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.