
Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Deku hujumchi Joau Feliks va himoyachi Joau Kanseluning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Todofichajes nashrining yozishicha, funktsioner ikkala portugaliyalik ham jamoada olib qolmoqchi. Deku "Atletiko Madrid" va "Manchester Siti" bilan o'yinchilarning transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Feliksning transfer qiymati 50 million evroga, Kanseluniki esa 25 million evroga baholanmoqda. Ikkala futbolchi ham "ko'k-anorranglilar" safida ijara asosida o'ynamoqda.
Ispaniya chempionatining 22-turidan keyin "Barselona" 47 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar 0