"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Real"dagi hamkasbi Karlo Anchelotti bilan janjallashish niyatida emasligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Xavi ispaniyalik hakamlar "Real Madrid"ga yordam berayotganini aytgan va Anchelotti: "Men bu darajaga tushishni xohlamayman" deb javob bergan edi.

"Anchelotti hakamlik haqidagi gaplarimga javob bermadimi? Karloga aytadigan gapim yo'q, men u bilan ajoyib munosabatdaman.

Balki mening so'zlarim tufayli u bosimni his qilgandir, ammo menda Anchelottiga qarshi hech qanday xusumat yo'q", - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Xavi joriy mavsum yakunida "Barselona" bosh murabbiyligi lavozimini tark etadi.