"Liverpul" "Barselona"ning ikki hujumchisi Rafinya va Ansu Fatiga qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar agar Muhammad Saloh yozda jamoani tark etsa, shu futbolchilardan birini qo'lga kiritmoqchi.

2023/24 yilgi mavsumda Rafinya “Barselona” safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali 27 yoshli braziliyalik futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

Fati bu mavsumda "Brayton"da ijara asosida o'ynamoqda. 21 yoshli ispaniyalik futbolchi 18 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali forvardning narxini 30 million evroga baholamoqda.