
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. "As" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, klub posbonning imkon qadar tezroq maydonga qaytishini istamoqda. Mark-Andre o'zini yaxshi his etsa, 11 fevral kuni bo'ladigan «Granada»ga qarshi o'yinda asosiy tarkibga kiritilishi mumkin. Shuningdek, La liganing 24-tur bahsida yarim himoyachi Rafinya Dias va himoyachi Serxi Roberto ham maydonga tushishi kutilmoqda.Ma'lumot o'rnida. Ter Shtegen 12 noyabrdan beri o'yinlarda ishtirok etmayapti. U operatsiya qilingandi.
Fikrlar 0