"Jirona" yarim himoyachisi Savino dastlab "Barselona"ga o'tmoqchi edi. Jurnalist Xoakim Pera bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Barsa" ham ushbu transferga qiziqish bildirgan, ammo moliyaviy muammolar tufayli 19 yoshli braziliyalik futbolchiga hech qanday kafolat bera olmagan.

Shu bilan birga, “Manchester Siti” tezda vaziyatdan unumli foydalanib, transfer kelishuvini tezlashtirdi. Savino kelasi mavsumni Pep Gvardiola qo'l ostidagi "Siti"da boshlashi kutilmoqda.