"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Kataloniya klubida qolishi kutilmoqda. Jurnalist Fernando Polo xabariga ko'ra, "Barselona" tez orada 24 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlaydi. "Blaugrana" rahbariyati urugvaylik futbolchini klub kelajagining asosiy qismi deb biladi.

Avvalroq Arauxo "Barselona" kelasi yozda xayrlashmoqchi bo'lgan futbolchilar ro'yxatida ekanligi haqida xabar berilgandi. "Bavariya" futbolchiga potentsial da'vogar sifatida ko'rildi; Transfermarkt himoyachini 70 million evroga baholaydi.

Joriy mavsumda Arauxo 25 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.