Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta yozda jamoaga super yulduzni taklif qilmoqchi. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Italiyaning "Milan" klubi hujumchisi Rafael Leauni asosiy maqsad sifatida belgilagan.

"Barselona" "rossonerilar"ga jozibador taklif qila oladi deb hisoblamoqda.

Leauning o'zi yozda Angliya premer-ligasiga o'tmoqchi.