Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy mavsum yakunida Xavi Ernandesning o'rniga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Football Espana xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" nomzodlar ro'yxatini uch nafar mutaxassisga qisqartirgan.

Manbaga ko'ra, bugungi kunda kataloniyalik top-klubning qiziqishlari orasida Roberto de Zerbi («Brayton»), Xans-Diter Flik va Xabi Alonso («Baer») bor.

"Barselona" Ruben Amorim, Tyago Motta, Yurgen Klopp, Pep Gvardiola va Michel bilan muzokaralarni to'xtatishga qaror qildi.