
"Barselona" sport direktori Dekuning fikricha, jamoada jismonan kuchli yarim himoyachi etishmayapti. Jurnalist Xoakim Pieraning xabariga ko'ra, portugaliyalik yozda "Everton"dan Amadu Onanani taklif qilmoqchi.
Avvalroq, ingliz klubi belgiyalik yarim himoyachi uchun 80 million evro miqdorida tovon puli talab qilishi xabar qilingandi.
"Barselona" moliyaviy muammolar tufayli bunday mablag'ni sarflashga qurbi etmaydi, ammo klub chegirma olishga va futbolchining o'zi xohishiga ko'ra transferni amalga oshirishga harakat qiladi.
Fikrlar 0