"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele «Barselona»dagi faoliyati paytida Xavi bilan qanday munosabatda bo'lganini aytib o'tdi.«Xavi bilan munosabat qanday bo'lgan bo'lsa, Luis Enrike bilan ham shunday munosabatga egamiz.Xavi bilan ajoyib lahzalarni boshdan kechirdik. U bilan munosabatlarimiz yaqin edi. U menga ko'p maslahatlar berdi va menga ishondi. Luis Enrikeni esa anchadan beri yaxshi bilaman. Men «Renn»da o'ynab yurganimdayoq u meni «Barselona»ga taklif qilgandi. U bizning murabbiy ekanidan xursandman», – dedi Usmon.