
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozda futbolchilarni sotishdan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi.
Cadena SER ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" qaysi o'yinchilar bilan xayrlashish kerakligini hal qilgan.
Manbaga ko'ra, jamoani tark etish uchun asosiy nomzodlar yarim himoyachi Frenki de Yong va vinger Rafinya Diasdir.
Ikkala futbolchi uchun ham "Barselona" qarzdorlik muammolarini hal qilish uchun jami kamida 100 million evro tovon puli olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, de Yong bilan xayrlashishning yana bir sababi futbolchining katta maoshi bo'lib, yiliga 37,5 million evroni tashkil qiladi.
2022 yilning yozida rahbariyat Frenkidan qutulishga urindi, ammo niderlandiyalik futbolchi ketishdan bosh tortdi.
Fikrlar 0